date

Tramp G‘azo tinchligi uchun Isroilga borishi mumkin

Tramp G‘azo tinchligi uchun Isroilga borishi mumkin

Isroil hozirda AQSH prezidenti Donald Trampning ehtimoliy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu safar mamlakatda garovda bo‘lganlarni ozod qilish va G‘azo bo‘yicha kelishuv imzolanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Ynet nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, Tramp mintaqaga tinchlik jarayonidagi muhim yutuq — urushning yakunlanishi va garovdagilarning ozod etilishini nishonlash maqsadida tashrif buyurishni istamoqda.

“Hozirda barcha narsa Sharm-al-Shayxdagi muzokaralar natijalariga bog‘liq. Ammo hozircha istiqbol umidbaxsh ko‘rinib turibdi”, — degan manba.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tashrif avvalroq Buyuk Britaniyaga amalga oshirilgan safar bilan bir vaqtda rejalashtirilgan edi. Biroq keyinroq u prezident kun tartibidan chiqarib tashlangan.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, Trampning Isroilga tashrifi mintaqadagi siyosiy jarayonlarga yangi ruh baxsh etishi mumkinligi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp G‘azo tinchligi uchun Isroilga borishi mumkin