date

Slovakiyada bosh vazirga suiqasd ishi bo‘yicha hukm sanasi belgilandi

Slovakiyada bosh vazirga suiqasd ishi bo‘yicha hukm sanasi belgilandi

Slovakiyada bosh vazir Robert Fitsoga suiqasd uyushtirishda ayblanayotgan 72 yoshli yozuvchi Yuray Sintulaga nisbatan hukm 21 oktyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Pravda nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chorshanba kuni Banska-Bistritsa shahridagi jinoyat ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sudda ish bo‘yicha yakuniy guvohliklar tinglandi. Sudda avval bosh vazirning vakili — advokat David Lindtner so‘zga chiqib, hujum siyosiy sabablarga asoslanganini ta’kidladi. Fitsoning o‘zi esa sud jarayonida ishtirok etmayotgani va uni kuzatmayotganini bildirgan.

Sintulaning advokati esa himoya nutqida ayblov tomoni keltirgan fikrlarga e’tiroz bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hodisani terrorchilik harakati sifatida baholash noto‘g‘ri, chunki ayblanuvchi jabrlanuvchini o‘ldirish niyatida bo‘lmagan, faqat uni yaralashni maqsad qilgan.

Advokat shuningdek, mijozining davlat to‘ntarishi uyushtirish niyati yo‘qligini ta’kidlab, suddan keksa yoshdagi inson uchun adolatli hukm chiqarishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, suiqasd 2024 yil 15 may kuni sodir bo‘lgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Slovakiyada bosh vazirga suiqasd ishi bo‘yicha hukm sanasi belgilandi