Vetnamda “Matmo” to‘foni oqibatida kelib chiqqan kuchli yomg‘ir va suv toshqini natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohat oldi, deb Sinxua agentligi xabar berdi.
Mahalliy tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 700 dan ortiq uy suv ostida qoldi, 400 tadan ziyod uyga zarar yetdi. Shuningdek, 14,6 ming gektar sholi va boshqa qishloq xo‘jaligi yerlari ham seldan jabr ko‘rgan.
Suv toshqinlari oqibatida 97 mingdan ziyod chorva va parrandalar halok bo‘ldi. Shimoliy va markaziy tog‘li hududlarda 602 ta joyda suv toshqini qayd etildi. Ko‘chkilar sabab transport harakati cheklangan. Vetnam bosh vaziri Fam Min Trin aholini muhofaza qilish bo‘yicha favqulodda direktiva chiqardi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar