Niderlandiyaning Almere shahridagi bog‘da noma’lum shaxslar asalarichi Garold Stringerga tegishli 10 ta uyani yoqib yubordi. Yong‘in natijasida taxminan yarim million ari nobud bo‘ldi.
Stringerning aytishicha, har bir uyda o‘rtacha 40–60 mingta ari yashagan. U bu voqeani “dahshatli va og‘riqli” deb atadi. Politsiya yong‘in ataylab chiqarilganini, uyalarga yonuvchi modda ishlatilganini ma’lum qildi.
Voqea Almere shahridagi Betrixpark hududida sodir bo‘lgan. Politsiya hodisani tergov qilmoqda va guvohlarni izlamoqda. Mahalliy aholiga yong‘in haqida ma’lumot berish so‘ralgan.
Mutaxassislarning aytishicha, Niderlandiyada arilar soni kamayib bormoqda. Shunga qaramay, Stringer yangi uyalardan koloniya yaratib, ishini davom ettirishini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar