date

Yevropa Ittifoqi: Tojikiston Putinni hibsga olmaslik bilan shartni buzdi

Yevropa Ittifoqi: Tojikiston Putinni hibsga olmaslik bilan shartni buzdi

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Tojikistonning Vladimir Putinni hibsga olmaslik bo‘yicha qaroridan tashvish bildirdi. Bu haqda EI Tashqi ishlar xizmati matbuot kotibi Anitta Xipper ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Xalqaro jinoiy sud tomonidan order bilan qidiruvda bo‘lishiga qaramay, Dushanbe safari vaqtida hibsga olinmagan. Tojikiston esa XJS a’zosi sifatida sud nizomidagi majburiyatlarni bajarishi lozim edi.

“Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi bosqinchilik urushi paytida sodir etgan barcha jinoyatlari uchun javobgarlikni ta’minlash tarafdori. Inson huquqlari buzilishi, qurbonlar adolat olishi va kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun xalqaro tergovlarni qo‘llab-quvvatlash muhim”, — dedi Xipper o‘z bayonotida.

EI shu bilan birga Xalqaro jinoiy sud prokurori Ukrainada olib borayotgan tekshiruvlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va barcha davlatlarni sud bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 17 mart kuni Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar huquqlari bo‘yicha komissar Mariya Lvova-Belovaga hibsga olish orderini chiqargan edi. Ular ukrainalik bolalarni majburiy ravishda deportatsiya qilishda ayblanmoqda.

Shu bilan birga, Tojikistondan oldin ham Putin Mo‘g‘ulistonga qilgan tashrifi davomida hibsga olinmagandi. Bu holat xalqaro maydonda turli bahslarga sabab bo‘lmoqda — ba’zilar buni siyosiy ehtiyotkorlik, boshqalar esa xalqaro huquq normalarining ochiq buzilishi sifatida baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi: Tojikiston Putinni hibsga olmaslik bilan shartni buzdi