Slovakiyaning sharqiy qismida joylashgan Rojnyava shahri yaqinida 11-oktyabr kuni og‘ir temiryo‘l halokati yuz berdi. Mahalliy OAV xabar berishicha, ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashuvi oqibatida 100 ga yaqin kishi turli darajada jarohat olgan.
Slovakiya ichki ishlar vaziri Matush Shutay-Eshtoka voqea joyida bergan bayonotida, dastlabki taxminlarga ko‘ra, halokat mashinistning e’tiborsizligi sabab yuzaga kelganini ma’lum qilgan. Jabrlanganlardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Yordam ko‘rsatish uchun beshta tez tibbiy yordam mashinasi va bir qutqaruv vertolyoti safarbar etilgan. Voqea yuzasidan rasmiy tergov ishlari boshlangan. Jabrlanuvchilarga zarur yordam ko‘rsatilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar