Makron ilk bor “sevimlilar” ro‘yxatidan chiqdi

Fransiya rahbari Emmanuel Makron “Ifop-Fiducial” so‘rovida ilk bor “Fransuzlarning ellik sevimli siyosiy shaxsi” ro‘yxatiga kirolmagan prezident bo‘ldi. Bu haqda Paris Match nashri xabar berdi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Makron 51-o‘rinni egallab, Fransua Bayru bilan deyarli bir xil natija ko‘rsatgan — mos ravishda 21,5 va 21,9 foiz ijobiy bahoga ega bo‘lgan.
Qizig‘i shundaki, uning oldingi prezidentlaridan Nikolya Sarkozi va Fransua Olland davlat rahbari lavozimida bo‘lgan paytlarida hech qachon 43-o‘rindan pastga tushmagan.
Ifop agentligi bosh direktori Frederik Dabining ta’kidlashicha, “fransuz respondentlarining 78 foizi bugungi kunda Makron haqida salbiy fikrda, bu esa o‘tgan oydagi 70 foizdan ham yuqori ko‘rsatkichdir”.





























Izohlar 0
…