Turkiyadan G‘azo sektoriga yo‘l olgan insonparvarlik yordamini olib kelayotgan 17-“Yaxshilik kemasi” bugun tush paytida Misrning El-Arish portiga yetib keldi.
900 tonna atrofida oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelgan “Akdeniz” kemasi 14 oktyabr kuni Turkiyaning janubiy-sharqiy sohilida joylashgan Mersin xalqaro portidan yo‘lga chiqqan edi.
Ushbu yordam yuki Turkiyaning favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi (AFAD) hamda 17 ta fuqarolik jamiyati tashkilotlari ko‘magida tayyorlangan. Yuk tarkibida asosan oziq-ovqat, konservalar va bolalar uchun maxsus ozuqa joy olgan.
Kema El-Arish portiga yetib kelganidan so‘ng AFAD vakillari tomonidan rasman qabul qilib olinishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabridan buyon Turkiya G‘azoga 14 ta samolyot va 16 ta kema orqali insonparvarlik yordami yuborgan.
AFAD ma’lum qilishicha, 17-“Yaxshilik kemasi” Turkiyaning G‘azo xalqiga ko‘rsatayotgan ko‘magida yangi bosqichni boshlab bermoqda.
“Yaxshilik kemasi” G‘azoga yordam bilan El-Arish portiga yetdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar