AQSHning Michigan shtatida yashovchi Temmi Karvi lotereyada ChatGPT yordamida 100 000 dollar yutib oldi, deb UPI xabar berdi.
U o‘z omadini sun’iy intellektga ishonib sinab ko‘rishga qaror qilgan va bu qaror unga katta yutuq olib kelgan. Ayol ChatGPT chat-botidan lotereya uchun raqamlar kombinatsiyasini taklif qilishni so‘ragan va aynan shu raqamlar unga 100 ming dollarlik sovrinni olib kelgan.
“Men shunchaki undan raqamlar tanlashni so‘radim va ularni chiptaga kiritdim — natija mana!” — dedi Temmi. U avvaliga 50 000 dollar yutdim deb o‘ylagan, ammo natijani qayta tekshirib, yutug‘i ikki barobar ekanini aniqlagan. “Erim bilan ikkovimiz hali ham shokdamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Karvi bu mablag‘ni ipoteka qarzini to‘lash va shaxsiy jamg‘arma tuzishga sarflashni rejalashtirmoqda.
Lotereya tashkilotchilari ta’kidlashicha, bu holat — ishtirokchining yutuqli raqamlarni tanlashda sun’iy intellektdan foydalanganini ochiq aytgan birinchi holat sifatida qayd etilgan.
Ishonish qiyin: AQSHlik ayol ChatGPT tanlagan raqamlar bilan lotereyadan 100 ming dollar yutdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar