Xanchjoudan Seulga yo‘l olgan Air China aviakompaniyasiga tegishli samolyotda parvoz vaqtida kutilmagan holat yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 10 kilometr balandlikda bo‘lgan laynerning yuk javonidagi jomadonda yotgan pauerbank yonib ketgan.
Hodisa vaqtida yo‘lovchilar orasida shovqin ko‘tarilib, ayrimlar olovni qo‘l bilan o‘chirishga uringan. Boshqalar esa voqeani videoga yozib olgan.
Tekshiruvlarga ko‘ra, yong‘inga litiy batareyaning o‘z-o‘zidan yonishi sabab bo‘lgan. Ekipaj a’zolari favqulodda vaziyatga tezkorlik bilan javob berib, olovni bartaraf etgan.
Barcha yo‘lovchilar xavfsizligi uchun samolyot Shanxay aeroportiga shoshilinch qo‘ngan. Hozirda hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar