Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonining Donetsk viloyatidan voz kechish talabini qat’iy rad etdi. Bu haqda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, Zelenskiyning AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvida Vashingtonning maxsus vakili Stiv Uitkoff Ukraina rahbarini Donetsk viloyatidan qo‘shinlarni chiqarishga ko‘ndirishga urinishgan. Biroq Zelenskiy bu taklifni mutlaqo qabul qilmagan.
Shuningdek, Ukraina rahbari bugun harbiy qo‘mondonlar bilan uchrashib, Rossiya hududiga uzoq masofali zarbalar sonini oshirish masalasini muhokama qilganini ma’lum qildi.
Zelenskiy ta’kidlashicha, Ukraina qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, Rossiya egallab olgan hech bir hududdan voz kechmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning butunligi va yerlarini saqlab qolish Ukraina uchun eng muhim vazifa hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!