Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni qayta yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, garovda bo‘lganlarning ozod qilinishi bilan Isroil endi HAMASga qarshi jangni yanada qat’iy tarzda davom ettirishi kerak.
Isroil armiyasi ham oxirgi soatlarda G‘azo hududidagi o‘nlab obyektlarga havo zarbalarini amalga oshirganini ma’lum qildi. Hujumlar vaqtida 120 dan ziyod o‘q-dori ishlatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv 2025 yil 10 oktyabrda kuchga kirgandi. Biroq 19 oktyabrda Isroil qo‘shinlari Rafah hududiga havo hujumlari uyushtirdi. The Times of Israel nashri yozishicha, bu zarbalar Isroilga qilingan hujumlarga javob sifatida amalga oshirilgan.
So‘nggi voqealardan so‘ng Isroil rasmiylari urishni to‘xtatish rejimiga amal qilishni qayta yo‘lga qo‘yishini ma’lum qilgan, biroq har qanday tajovuz yoki kelishuv buzilishiga keskin javob berilishini ta’kidlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!