date

Ilk ayol bosh vazir: Yaponiya siyosatida yangi davr boshlandi

Ilk ayol bosh vazir: Yaponiya siyosatida yangi davr boshlandi
Yaponiyada tarixiy voqea ro‘y berdi – Sana Takaichi mamlakatning birinchi ayol bosh vaziri bo‘ldi. U Tokio shahrida o‘z lavozimini rasman boshladi. Bu voqea ko‘plab yapon ayollari uchun ilhom manbai bo‘ldi, chunki mamlakat siyosatida erkaklar asrlar davomida yetakchilik qilib kelgan.

Takaichi o‘zini Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher bilan solishtirib, “Yaponiyaning temir xonimi” deb ataydi. U bolali oilalarga soliqqa imtiyozlar berish va ish joylarida bolalar bog‘chalari ochuvchi korxonalarni rag‘batlantirishni taklif qilgan. Biroq u ayollarning an’anaviy oilaviy rolini saqlab qolish tarafdori ekanini ham ta’kidlab keladi.

Jahon iqtisodiy forumi hisobotiga ko‘ra, Yaponiya gender tengligi bo‘yicha 148 davlat orasida 118-o‘rinda turadi. Parlament a’zolarining atigi 15,7 foizi ayollardan iborat. Mamlakatda ayollar ta’limli va malakali bo‘lsa-da, ularning siyosat va biznesdagi ulushi hanuz pastligicha qolmoqda.

Takaichi oldida katta sinovlar turibdi: iqtisodiy inqiroz, inflyatsiya va saylovchilarning ishonchini tiklash. Uning siyosatida ayollar huquqlari asosiy mavzu bo‘lishi kutilmayapti, biroq u tarixga Yaponiyaning ilk ayol bosh vaziri sifatida kiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilk ayol bosh vazir: Yaponiya siyosatida yangi davr boshlandi