date

Yevropa Tramp taklifini qo‘llab-quvvatladi, Rossiya rad etdi

Yevropa Tramp taklifini qo‘llab-quvvatladi, Rossiya rad etdi
Yevropa mamlakatlari rahbarlari AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi urushni to‘xtatish haqidagi yangi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Ularning fikricha, janglar darhol to‘xtatilib, hozirgi front chizig‘i kelishuv uchun asos bo‘lishi kerak. Bu borada Buyuk Britaniya bosh vaziri Keyr Starmer boshchiligida 11 davlat rahbari qo‘shma bayonot imzoladi.

Tramp “janglarni to‘xtatish va har ikki tomon hozirgi joylashgan holatida qolishi zarur” degan fikrni ilgari surgan edi. U bu yo‘l bilan minglab insonlar hayotini saqlab qolish mumkinligini aytdi. Shunga qaramay, bu g‘oya G‘arb davlatlari orasida bahsli munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya esa bu taklifni qat’iyan rad etdi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “bunday sulh vaqtinchalik bo‘ladi” deya bildirdi. Unga ko‘ra, Moskva faqat “uzoq muddatli va barqaror tinchlik”ni xohlaydi. Rossiya, shuningdek, Ukrainadan Donetsk va Lugansk viloyatlaridan butunlay chiqib ketishni talab qilmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Trampning g‘oyasiga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. U Donetsk va Lugansk hududlarini topshirish urushni to‘xtatmasligini, aksincha, Rossiyaga keyingi hujumlar uchun imkon yaratishini aytdi. Zelenskiy “Ukrainaning pozitsiyasi o‘zgarmagan – biz o‘z hududlarimizni himoya qilamiz”, dedi.

Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Budapeshtda uchrashuv o‘tkazilishi kutilmoqda. Ammo bu uchrashuv sanasi hali belgilanmagan. Kreml uchrashuv haqida aniq ma’lumot bermagan, lekin Rossiya tomoni hali o‘z shartlaridan voz kechmaganini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Tramp taklifini qo‘llab-quvvatladi, Rossiya rad etdi