HAMAS harakati ikki nafar isroillik garovga olingan shaxsning jasadini Qizil Xoch xalqaro tashkilotiga topshirdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari ma’lumot berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Qizil Xoch vakillari jasadlarni qabul qilib olgach, ularni G‘azo sektoridagi Isroil harbiylariga yetkazishadi. Keyin esa jasadlar Isroilga olib borilib, marhumlarning shaxsini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, 9 oktyabrga o‘tar kechasi AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil hukumati va HAMAS Vashington taklif etgan G‘azo bo‘yicha kelishuvning dastlabki bosqichiga rozi bo‘lganini bildirgan edi.
Bu bosqich doirasida falastinlik mahbuslar evaziga isroillik garovdagi shaxslar ozod etilishi hamda Isroil askarlarining qisman G‘azodan chiqarilishi nazarda tutilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!