12:51 / 06.01.2017
7 817

Turkiyada navbatdagi terakt. Qurbonlar bor

Turkiyada navbatdagi terakt. Qurbonlar bor

Kecha, 5 yanvar kuni Turkiyaning Izmir shahridagi sud binosi yonida portlash sodir etildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligiga tayanib Qalampir.uz xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvaliga sud binosi oldida turgan avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi vosita harakatga keltirilgan, keyin esa ikki terrorchi polisiyaga qarata o‘t ochishni boshlagan. Keyinroq, terrorchilardan biri otib o‘ldirilgan.

Yuz bergan voqea tufayli ikki kishi, jumladan, polisiya vakili va sud xodimi qurbon bo‘lgan. O‘nga yaqin kishi jarohat olgan.

Izmir provinsiyasi gubernatori Erol Oyyulduzning aytishicha, bu terakt ortida Kurdiston ishchi partiyasi turibdi. Voqea joyidan topilgan 2 ta Kalashnikov avtomatlari va 8 ta qo‘lbola granatalar teraktni kurdlar amalga oshirganligiga ishora qilyapti.

Ma’lum bo‘lishicha, polisiya vakillari Bayroqli tumani sud binosining ro‘parasida terrorchilar bo‘lgan avtomobilni to‘xtatishga urinishgan. Bosqinchilar esa qochmoqchi bo‘lib, mashinadagi portlovchi vositani harakatga keltirishgan. Shundan so‘ng otishma yuzaga kelgan.

Ayni vaqtgacha terrorchilarning ikkinchisi ham yo‘q qilingan. Polisiya yana bir terrorchini qidirmoqda. Taxminlarga ko‘ra, u portlashni sodir etgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an terakt qurboniga aylangan ikki kishining oilasiga hamdardlik bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada navbatdagi terakt. Qurbonlar bor