
Buyuk Britaniyada Donkaster–London yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda pichoqlash hodisasi sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi jarohat olgan, ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda. Voqea shanba kuni kechqurun Huntingdon stansiyasi yaqinida yuz bergan.
Politsiya xabariga ko‘ra, hujum paytida poyezdda katta vahima boshlangan. Yo‘lovchilarning ayrimlari hujumchidan yashirinish uchun bufet vagoni va hojatxonaga kirib olgan. Guvohlar aytishicha, hujumchi bir nechta odamga pichoq bilan jarohat yetkazgan, ayrimlar esa uni to‘xtatishga uringan.
Poyezd Huntingdon stansiyasida to‘xtatilgach, politsiya va tez yordam hodisa joyiga yetib kelgan. Yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular yaqin atrofdagi kasalxonalarga yetkazilgan. Poyezd ichida qon izlari va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatgan yo‘lovchilar ham bo‘lgan.
Britaniya transport politsiyasi ikki shaxs qo‘lga olinganini tasdiqladi. Hozircha hujum sabablari noma’lum, tergov ishlari boshlangan. Rasmiylar bu voqeani jiddiy xavfsizlik hodisasi sifatida baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!