date

Germaniyada parranda grippi odamga moslashayotgani aniqlandi

Germaniyada parranda grippi odamga moslashayotgani aniqlandi

Germaniyada parranda grippining odamlarga moslashayotgan yangi va xavfli shtammi aniqlandi, deb xabar berdi Bild. Shu sababli mamlakatning bir nechta hududlarida parrandachilik fermalarida karantin va cheklov choralari kuchaytirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sentyabrdan buyon turli hududlarda ko‘plab yovvoyi qushlar o‘lik holda topilgan. Virus hozirga qadar 16 federal yerdan 9 tasida qayd etilgan.

So‘nggi ikki oy ichida yuqumli H5N1 shtammi tarqalishi tufayli yarim milliondan ortiq parranda yo‘q qilingan. Eng ko‘p holatlar Quyi Saksoniya yerlarida aniqlangan — faqatgina shu hududda 13 ta xo‘jalikda infeksiya tasdiqlangan.

Mutaxassislar yangi shtammning insonlarga moslashish ehtimoli ortib borayotganini eslatib, epidemiologik nazoratni kuchaytirish zarurligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada parranda grippi odamga moslashayotgani aniqlandi