date

So‘nggi 2 yilda dunyo bo‘ylab 163 nafar jurnalist halok bo‘ldi

So‘nggi 2 yilda dunyo bo‘ylab 163 nafar jurnalist halok bo‘ldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qilishicha, so‘nggi ikki yil ichida butun dunyo bo‘ylab 163 nafar jurnalist o‘ldirilgan.

YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil avgustidan 2025-yil may oyigacha 163 nafar OAV xodimi halok bo‘lgan. Ulardan 109 nafari jangovar hududlarda, jumladan 12 nafar ayol jurnalist bo‘lgan.

Eng ko‘p qurbonlar G‘azo sektorida — 46 kishi, Sudanda — 13 kishi, va Ukrainada — 8 kishi qayd etilgan.

Shuningdek, urush bo‘lmagan mamlakatlarda ham jurnalistlarga qarshi tajovuzlar davom etmoqda. Masalan, Meksikada 15 nafar OAV vakili o‘ldirilgan, bu esa ayrim urush zonalaridagidan ham xavfliroq vaziyatni ko‘rsatmoqda.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p qotillik holatlari arab mamlakatlarida (82 ta) qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Lotin Amerikasi va Karib havzasi (34 ta), Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (30 ta), Afrika (5 ta) hamda Yevropa va Shimoliy Amerika (12 ta) joylashgan.

Mutaxassislar fikricha, bu raqamlar so‘z erkinligi va jurnalist xavfsizligi global miqyosda jiddiy xavf ostida ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » So‘nggi 2 yilda dunyo bo‘ylab 163 nafar jurnalist halok bo‘ldi