Germaniyanipg konstitusiyani qo‘riqlash bo‘yicha Federal mahkamasi (BfV — GFR ichki razvedkasi) rahbari Hans-Georg Maasen Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotiga hujum Rossiyadan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Dekabr oxirida EXHT 2016 yilning kuzida xakerlik hujumiga uchragani ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda u kim tomonidan amalga oshirilganiga aniqlik kiritilmagan.
Maasenning ma’lum qilishicha, EXHTga hujumda APT28 nomi bilan mashhur bo‘lgan xakerlar guruhi infratuzilmasi ishlatilgan. Shuningdek, u APT28 Bundestagga qarshi qaratilgan hujumlarni amalga oshirganini ham eslatib o‘tdi.
"APT28 bilan bog‘liq holatda rossiyalik manbalarning aloqadorligiga doir guvohliklar bor", - deya ma’lum qildi Maasen.
Avvalroq, Fransiyaning Monde gazetasi nomi oshkor etilmagan "g‘arbdagi maxsus xizmatga" asosan EXHTga xakerlik hujumi APT28 guruhi harakatlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgani haqida yozgandi.
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi 2016 yilda OAV orqali Rossiyani Demokratik partiya serverlarini buzib kirishda ayblagandi. Bu Donald Trampga saylovda g‘alaba qozonishiga yordam berish maqsadida amalga oshirilgan. Shu bilan bir qatorda, Rossiyaning hujumlarga aloqadorligi yuzasidan biror dalil keltirilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi