Chimkentda gaz portlashi oqibatida ikki qavatli uy qulab tushdi. Bu haqda Tengrinews.kz'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Favqulodda voqea 8 yanvarda tonggi soat 4 da yuz bergan. Maxsus xizmatlarga ikki oilaga mo‘ljallangan 2 qavatli uyning qulab tushgani haqida signal kelib tushgan. Uyda kvartirantlar yashagan. Uy qulagandan yarim soat o‘tib vayronalar ostidan 2015 yilda tug‘ilgan bola chiqarib olingan. So‘ngra bolaning ota-onasi ham chiqarib olingan, biroq ayol halok bo‘lgan. Keyinroq yana ikki kishi tirik topilgan. Natijada uch kishi shifoxonaga yuborilgan, bir kishi shifoxonaga borishdan bosh tortgan.
Voqea Chimkentning 18-mikrotumanida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqeaga gaz-havo aralashmasining portlashi sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda favqulodda vaziyatlar departamenti mutaxassislari falokatning aniq sabablarini aniqlashtirishmoqda. Ta’kidlanishicha, bu tumandan gaz quvuri o‘tgan, biroq vayronalar ostidan kamin va isitish elektr qurilmasi aniqlangan. Favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlari ma’lumotlariga ko‘ra, portlashdan keyingi yong‘in chiqmagan. Qulash maydoni 64 kvadrat metrni tashkil qilgan. Uy butkul vayron bo‘lgan.
O‘nlab odamlar uyda yashovchilarni qutqarishda ishtirok etishgan. Uy elektr va gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi