00:13 / 09.01.2017
7 133

Binyamin Netanyaxu Quddusdagi teraktni IShID uyushtirganini ma’lum qildi

Binyamin Netanyaxu Quddusdagi teraktni IShID uyushtirganini ma’lum qildi

Quddusda yuk mashinasi bilan askarlarga hujum qilgan terrorchi IShID jangarisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bayonot berdi, deb xabar qiladi «Daryo».

Netanyaxuning so‘zlariga qaraganda, gumondor «barcha belgilariga ko‘ra» IShIDga aloqadordir.

Shuningdek, u Quddusdagi terakt Fransiya va Germaniyadagi shunga o‘xshash teraktlar bilan bog‘liqligini taxmin qilib ko‘rdi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, terakt oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohat oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Binyamin Netanyaxu Quddusdagi teraktni IShID uyushtirganini ma’lum qildi