
Texasda bo‘lib o‘tgan yillik kongressda Tesla aksiyadorlari kompaniyaning hammuassisi va bosh direktori Ilon Mask uchun 1 trillion dollar miqdoridagi mukofotni ma’qulladi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Qarorni aksiyadorlarning 75 foizdan ortig‘i qo‘llab-quvvatladi. Pul topish uchun Mask o‘n yil ichida Tesla robot taksilarini ishlab chiqarishni kengaytirishi va kompaniyaning bozor qiymatini 1 trillion dollardan kamida 8,5 trillion dollargacha oshirishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, shartlarni bajargani uchun kompaniya aksiyalarining 12 foizini oladi.
Bundan tashqari, tadbirkor ketma-ket to‘rt chorak davomida kompaniyaning haqiqiy foydasini 400 milliard dollarga yetkazishi kerak. Taqqoslash uchun: bu ko‘rsatkich 2025 yilning III choragida $4,2 mlrdni tashkil etadi.
To‘g‘ri, mashaqqatli mehnat davomida Mask maosh va mukofotlar olmaydi. Shunga qaramay, agar biznesmen yaxshi natija ko‘rsatib, bir martalik to‘lovni olsa, u 2 trillion dollar boylik bilan dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.
Nashrning ta’kidlashicha, Maskning tovon puli miqdori butun mamlakatlarning bozor aylanmasi bilan taqqoslanadi va Irlandiya, Shvetsiya va Argentinaning yalpi ichki mahsulotidan oshib ketadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!