date

Dunyoning eng boy shaharlari reytingi e’lon qilindi

Dunyoning eng boy shaharlari reytingi e’lon qilindi

Dunyoda eng yuqori iqtisodiy daromad ko‘rsatkichiga ega davlatlar ro‘yxati yangilandi. “Visual Capitalist” tomonidan tayyorlangan yangi reytingga ko‘ra, bugungi kunda dunyoning eng boy o‘nta mamlakati orasida yettitasi aynan Yevropada joylashgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu mamlakatlarning umumiy jihati — aholining nisbatan kamligi, iqtisodiy barqarorlik va mukammal ijtimoiy ta’minot tizimi hisoblanadi. Reyting Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2025-yil uchun yangilangan ma’lumotlari asosida tuzilgan bo‘lib, u har bir davlatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdorini ko‘rsatadi.

Birinchi o‘rinni Lixtenshteyn egalladi — bu mamlakatda aholi jon boshiga YAIM 231 ming 713 dollarga teng. Moliyaviy muvaffaqiyatning asosiy sababi — aholining yarmidan ko‘p qismi chet elda yashab, Lixtenshteynga ishga kelishi. Bu omil statistik jihatdan mamlakatdagi o‘rtacha daromadni ancha yuqori ko‘rsatadi. Xuddi shunday vaziyat ikkinchi o‘rinda turgan Lyuksemburgda ham kuzatiladi.

Uchinchi pog‘onada Irlandiya joylashdi — bu yerda aholi jon boshiga YAIM 129 ming 132 dollarni tashkil qiladi. Mamlakatning qulay soliq siyosati va Google hamda Meta kabi yirik xalqaro kompaniyalar shtab-kvartiralarining Irlandiyada joylashgani bu o‘sishga katta hissa qo‘shgan.

Keyingi o‘rinlarda Shveysariya, Islandiya va Singapur joy oldi. Bu davlatlarda yuqori daromad aholining real turmush darajasi va iqtisodiy samaradorligi bilan bog‘liq. Ayniqsa Singapur misolida so‘nggi 40-yilda mamlakatning o‘rtacha daromadi 19 barobar oshgani qayd etilgan. Shahar-davlat hozirda jahonning yirik moliya va savdo markazlaridan biri hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng boy shaharlari reytingi e’lon qilindi