
Damashq markazida joylashgan Suriya Milliy muzeyida o‘g‘irlik sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Singapurning Lianhe Zaobao nashri.
10 noyabr kuni kechqurun noma’lum shaxslar muzey binosiga kirib, qadimiy Rim davriga oid haykallar va qimmatbaho yodgorliklarni o‘g‘irlab ketgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Muzey ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘rilar jinoyat vaqtida bir nechta shisha tokchalarni sindirgan. Damashq ichki xavfsizlik boshqarmasi vakillari esa jinoyatchilarni qo‘lga olish va o‘g‘irlangan buyumlarni qaytarish uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.
Nashr yozishicha, muzeydan jami oltita qadimiy haykal o‘g‘irlangan.
1936 yilda tashkil etilgan Suriya Milliy muzeyi arab dunyosidagi eng yirik madaniy markazlardan biri hisoblanadi. Fuqarolar urushi davrida 2012 yilda yopilgan muzey 2018 yilda qisman, 2025 yil yanvarida esa to‘liq faoliyatini tiklagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.