Rossiya prezidenti Vladimir Putin samolyotining ta’mirlanishi kutilmagan holat bilan bog‘liq emas. Davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonot berishicha, davlatning birinchi shaxslari foydalanadigan maxsus "Rossiya" parvoz guruhining barcha samolyotlariga texnik va xavfsizlik nuqtai-nazaridan o‘ta yuqori talablar qo‘yiladi.
"Texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshirilmoqda. Bilasizmi, davlatning birinchi shaxslariga xizmat qiluvchi parvoz guruhi foydalanadigan samolyotlar, tabiiyki, maxsus nazorat ostida bo‘ladi. Shunga ko‘ra, zaxiralash, tekshirish va shu kabi talablar kuchaytirilgan bo‘ladi. Aynan mana shu jarayonlar amalga oshirilmoqda", — degan Peskov jurnalistlarga.
Shu bilan birga, ta’mirlash kutilmagan holat bilan bog‘liqmi?, degan savolga "yo‘q", - deya javob bergan.
"Izvestiya" nashrining yozishicha, Putinning xorijiy safarlarda foydalanadigan Il-96-300 VIP-borti chap qanotiga biroz zarar etgan, stabilizator ustki qismiga ham talofat etgan. Samolyotni ta’mirlash bo‘yicha tender davlat xaridlariga doir saytda e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi