
Italiyalik siyosatchi Antonio Tayani Evropa parlamentining yangi rahbari lavozimiga saylovlarda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda parlament saytida ma’lum qilindi.
Evroparlament ma’lumotlariga ko‘ra, Tayani 351 ovoz, uning raqibi Janni Pitella 282 ovoz to‘plagan. Ta’kidlanishicha, birorta ham nomzod mutlaq ko‘p ovoz to‘play olmagan.
Tayani faoliyati davomida ikki marotaba Evropa parlamentining transport va sanoat masalalari bo‘yicha evrokotibi lavozimini egallagan.
Noyabrda Evroparlament rahbari Martin Shuls yangi muddatga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar