1 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:15da Istanbulning Beshiktosh tumanidagi Reina tungi klubiga qurolli hujum uyushtirgan terrorchi Abdulqodir Masharipov O‘zbekiston fuqarosi ekani tasdiqlandi, deb yozmoqda Kun.kz sayti.
«Anadolu» agentligi xabariga ko‘ra, o‘ziga Abu Muhammad Xurosoniy laqabini orttirgan Abdulqodir Masharipov Farg‘onaning Qo‘qon shahrida ro‘yxatda turgan. U 6 yil muqaddam O‘zbekistondan Afg‘onistonga o‘tgan va shundan keyin ortga qaytmagan. Ushbu shaxs terrorchilik guruhiga a’zoligi tufayli O‘zbekistonda qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida bo‘lgan.
O‘zbekiston xavfsizlik xizmati vakillari Turkiya tomoni bilan Abdulqodir Masharipov ishi bo‘yicha yaqin aloqada ekani, terrorchining harakati bo‘yicha tergovda mavjud ma’lumotlarni taqdim etishga tayyorligi ma’lum qilingan.
Bundan oldingi xabarlarda Masharipov 1983 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgani, 4 tilni bilishi, Afg‘onistonda mashg‘ulot o‘tagani, puxta tayyorgarlik ko‘rgan terrorchi ekani aytilgandi. U 2016 yilning yanvarida Turkiyaga kirib kelgan. Shundan so‘ng, Istanbulga kelib, kvartira ijaraga olgan, terakt sodir etishdan oldin esa turar-joyini tez-tez o‘zgartirib turgan.
U Reina tungi klubiga uyushtirgan hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangandi.
Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi, ammo birinchi kunlarda terakt ijrochisidan darak yo‘q edi.
Avvaliga ushbu terrorchi Turkiyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. Ammo voqeadan 16 kun o‘tgach uni Turkiya maxsus xizmatlari Istanbulning Esonyurt tumanidagi kvartiradan topishdi. U tez orada barcha ayblovlarni tan oldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi