Abdulqodir Masharipov rejasi avvaliga qanday bo‘lganini ma’lum qildi

1 daqiqa o'qish7.7K
Abdulqodir Masharipov rejasi avvaliga qanday bo‘lganini ma’lum qildi
Abdulqodir Masharipov rejasi avvaliga qanday bo‘lganini ma’lum qildi

Istanbuldagi Reina tungi klubida ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan terrorchi Abdulqodir Masharipov rejasi avvaliga qanday bo‘lganini aytib o‘tdi. Bu haqda «The Hurriyet Daily News»ga asoslanib «Kun.uz» xabar berdi.

Masharipov so‘zlariga ko‘ra, u “Al-Qoida”ning Iroqdagi lagerida tayyorgarlikdan o‘tgan, keyinchalik IShID safida Suriyadagi janglarda qatnashgan. Amirlardan biri unga Turkiyaga jo‘nab, u yerda terakt amalga oshirish haqida buyruq bergan. Masharipov mamlakatga Eron orqali yetib borib, Konya viloyatida bir necha oy davomida yashagan. U Yangi yildan bir necha kun muqaddam Raqqadan yangi buyruq oldi: Taqsim maydonida terakt uyushtirish. Biroq terrorchi rejasini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan.

«Men Yangi yil arafasida Taqsimga borib, maydon juda ham kuchli qo‘riqlanishiga guvoh bo‘ldim, — dedi u so‘roq chog‘ida. — Hujumni amalga oshirish oson bo‘lmadi. Shundan so‘ng men amir bilan aloqaga chiqib, yangi vazifani qabul qilib oldim – bu tumandagi boshqa nishonni topish. Men taksi ushlab, qidirish ishlarini boshladim. Tungi klub ancha yaxshi joy bo‘lib tuyuldi, qo‘riqlash xizmati unchalik kuchli emas. Biz bu variantda to‘xtashni ma’qul topdik».

Ma’lumot uchun, Masharipov birinchi yanvarga o‘tar kechasi Istanbuldagi Reina ko‘ngilochar klubida terakt sodir etdi. U avtomat bilan qurollanib, dastlab qo‘riqchini otgan, so‘ngra, 700 kishi bo‘lgan klubga kirgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u bir necha yuz marta o‘q uzish chog‘ida 6ta o‘qdonni bo‘shatgan. Buning oqibatida 39 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Jinoyat uchun mas’uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?