Eron poytaxti Tehron shahrida joylashgan binoda yuzaga kelgan yong‘in oqibatida kamida 30 nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi. Inshoot keyinchalik qulab tushgan. Bu haqda "Press TV"ga asoslanib "Kun.uz" xabar berdi.
Rasmiy manbalar ma’lumotiga ko‘ra, vayronalar ostida 50-100 nafar inson qolayotgan bo‘lishi mumkin. Voqea joyiga qutqaruvchilar etib kelishgan, ular itlar yordamida tirik qolganlarni topishga harakat qilmoqda. Eron televideniesi tomonidan namoyish etilgan kadrlarda qulagan ko‘p qavatli bino yonidagi imorat ham jiddiy zarar ko‘rgani tasvirlangan.
Shaharda favqulodda holat e’lon qilindi. Tehron hokimi Baler Galibaf ham hodisa yuz bergan joyga etib kelgan.
Avvalroq Tasnim agentligi binoda yuzaga kelgan yong‘in tufayli 40 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgani haqida xabar bergandi.
Ma’lumot uchun, “”Plasko” savdo markazida yong‘in mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 8 da chiqqan. Olov binoning to‘qqizinchi qavatida yuzaga kelgan hamda majmuaning yuqori qismlariga tezda tarqalgan. Voqea joyiga etib kelgan o‘t o‘chirish guruhlari 3,5 soat davomida uni o‘chirishga harakat qilishdi. Yonayotgan bino 11:30 da qulab tushdi.
“Plasko” majmuasi 1962 yilda qurilgan bo‘lib, Tehronning eng baland binolaridan biri hisoblanardi. Savdo markazida kiyim-kechak va oyoq kiyimi sotish bilan shug‘ullangan ko‘plab do‘konlar bo‘lgan.
Ayni damda vayronalarni tozalash ishlari olib borilmoqda. Qayta yong‘in chiqish xavfi bor. Shahar markazida kuchli tutun tufayli avtomobillar harakati murakkablashgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi