date

Bangladeshda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bangladeshda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bangladeshda 21-noyabr kuni 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, hukumat ma’lumotlariga ko‘ra kamida olti kishi halok, qariyb 100 nafar fuqaro jarohatlangan. Reuters yozishicha, AQSH Geologiya xizmati yer silkinishini 5,5 magnitudada baholagan.

Zilzila oqibatlaridan Dakka shahri va bir qator hududlardagi binolar zarar ko‘rdi. Larza Hindistonning chegaradosh shtatlarida ham sezilgan. Muhammad Yunus jabrlanganlar orasida Dakka universiteti talabalari, Gazipur ishchilari va Narsingdi aholisi borligini bildirgan.

Politsiya ma’lum qilishicha, olti qavatli bino panjarasi qulab tushib uch kishi halok bo‘lgan, yana uch nafari tom va devor bosib qolishi oqibatida vafot etgan. Sog‘liqni saqlash maslahatchisi ba’zi jabrlanuvchilar ahvoli og‘irligini aytgan.

Ko‘plab guvohlar kuchli silkinish, odamlar orasida yuzaga kelgan vahima va tirbandlikni tasvirlagan. Hukumat qutqaruv tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshda 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi