Tailand janubida kuzatilayotgan kuchli suv toshqinlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 80 kishiga etdi, yana 4 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda favqulodda holatlar oqibatini bartaraf etish departamenti shanba kuni xabar berdi, deya yozadi Kun.uz sayti.
Kuchli suv toshqinlariga mintaqada yanvar boshidan beri kuzatilayotgan kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan. Sinoptiklar etti viloyat hududida dam olish kunlari yana yomg‘ir yog‘ishini taxmin qilmoqda. Siam bo‘g‘ozida katta to‘lqinlar kutilmoqda, kichik kemalar egalariga sohilda qolish tavsiya qilindi.
Qutqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra, Janubiy Tailandda kuchli yomg‘irlar oqibatida yuz minglab uy xo‘jaliklari suv ostida qolgan. U erda 1,7 million kishi istiqomat qiladi. Xorijlik fuqarolar orasida jabrlanganlar borasida xabar berilmadi.
Suv toshqinlari katta iqtisodiy zarar etkazdi. Ko‘plab hududlardagi guruch maydonlari, shuningdek yuzlab fabrika va zavodlar suv ostida qolgan. Tabiiy ofat oqibatida etkazilgan moliyaviy zarar miqdori 2,8 millard AQSh dollari atrofida baholanmoqda.
Tailand janubiga kuchli yomg‘irlarni siklon (atmosfera girdobi) olib kelgan. Bosh vazir Prayut Chan-Ocha mamlakatda kuzatilayotgan noqulay ob-havoni “so‘nggi 30 yil davomidagi eng yomoni” deb atadi. Aksariyat kurortlarga suv toshqinlaridan zarar etmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi