
Nigeriya harbiy havo kuchlari samolyoti tomonidan Kamerun bilan chegara yaqinidagi Renn shahrida joylashgan qochoqlar lageriga 17 yanvar kuni xatolik oqibatida berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 236 nafarga etdi. «TASS»ga tayanib «Daryo» yozishicha, ularning aksariyati ayollar va bolalardir.
Voqea yuz bergan Kala-Balge tumani rahbarining AFP’ga bergan intervyusiga ko‘ra, qurbonlarni dafn qilgan odamlar unga 234 kishi halok bo‘lgani haqida axborot bergan, yana ikki kishi esa olingan jarohatlar sabab «yaqinda shifoxonada vafot etgan».
Nigeriya harbiy havo kuchlarining samolyoti 17 yanvar kuni «Boko haram» terrorchilik tashkilotiga qarshi operasiya vaqtida xatolik sabab mamlakat shimoli-sharqidagi qochoqlar lageriga zarba bergan.
Mamlakat hukumati hodisa tafsilotlarini aniqlashtirish yuzasidan maxsus qo‘mita tuzgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar