
So‘nggi o‘n yil ichida Xitoyda tutqunlikda saqlanayotgan katta pandalar soni ikki baravar ko‘paydi. Bu haqda TASS yozmoqda.
"Tutqunlikdagi katta pandalar populyatsiyasi 808 taga yetdi," - dedi Xitoy O‘rmon va cho‘l xo‘jaligi davlat boshqarmasi boshlig‘i Lyu Goxun Chendudagi konferensiyada.
Qayd etilishicha, 10 yil avval 422 ta panda bo‘lgan.
Populyatsiya qanday ikki baravar oshdi?
Lyu Goxunning so‘zlariga ko‘ra, hayvonlarni ko‘paytirish bo‘yicha tadqiqotlarning yaxshilanishi tufayli ularning populyatsiyasi ko‘paygan.
Pandlarni muhofaza qilish doirasida Xitoy olimlari, jumladan, "kosmos - havo - yer" monitoring tizimidan foydalanadi.
2026-2030 yillarda Xitoy hukumati mamlakat ekotizimlarining biologik xilma-xilligi, barqarorligi va chidamliligini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqchi.
Katta panda Xitoyning norasmiy ramzi bo‘lib, davlat tomonidan himoyalangan. Janubi-sharqiy Sichuan provinsiyasi katta pandalarning asosiy yashash joyi bo‘lib qolmoqda, u yerda butun Xitoy populyatsiyasining 70% dan ortig‘i yashaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.