
Italiyadagi «Rigopiano» mehmonxonasi qor ko‘chkisi ostida qolishi oqibatida qurbonlar soni 9 kishiga etdi. Bu haqda The Telegraph nashriga asoslanib Daryo xabar berdi.
Avvalroq tabiiy ofatda halok bo‘lgan 5 kishining jasadi topilgani ma’lum qilingandi. 23 yanvar, dushanba kuni tushdan so‘ng ikki erkak va bir ayol jasadi topildi. 20 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, 11 kishi omon qolgan.
Mazkur mehmoxona egasi Bruno di Tommazo ko‘chkidan bir necha soat avval (u bu paytda Adriatika dengizida bo‘lgan) rasmiylarga istiqomat qiluvchilarni evakuasiya qilish uchun yo‘llarni tozalashni iltimos qilib, shoshilinch maktub yo‘llagani bildirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar