date

Olimlar inson miyasi rivojlanishining 5 muhim bosqichini aniqlashdi

Olimlar inson miyasi rivojlanishining 5 muhim bosqichini aniqlashdi

Kembrij universiteti olimlari inson miyasi hayot davomida bir necha aniq va murakkab bosqichlardan o‘tishini aniqladi. Tadqiqot BBC orqali e’lon qilingan bo‘lib, unda miyadagi asosiy “burilish nuqtalari” 9, 32, 66 va 83 yoshlarda ro‘y berishi ta’kidlanadi. Ilmiy ishda 90 yoshgacha bo‘lgan qariyb to‘rt ming kishi ishtirok etgan, ularning miyasi maxsus skanerlar orqali tahlil qilingan.

Olimlar miya taxminan 30 yoshgacha yoshlik bosqichida bo‘lishini, bu davr inson organizmining eng yuqori cho‘qqisi ekanini aytishdi. Yangi ma’lumotlar ruhiy kasalliklar yoki demensiya xavfi nima uchun turli yoshlarda turlicha bo‘lishini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotga ko‘ra, miyaning o‘zgarishi tug‘ilishdan to hayotning oxirigacha bir tekis ravishda bormaydi. Aksincha, uning rivojlanishi besh asosiy bosqichga bo‘linadi:

• Bolalik (0–9 yosh): miya tez o‘sadi, biroq ortiqcha neyron aloqalarni “kesib tashlash” jarayoni ham o‘z joyida davom etadi. Bu bosqichda miya samaradorligi pastroq bo‘ladi.

• Yoshlik (9–32 yosh): aloqalar maksimal samaradorlik uchun qayta shakllanadi. Bu davrda miyadagi o‘zgarishlar juda faol kechadi va ruhiy muammolar xavfi yuqori bo‘ladi. Ushbu fazaning 30 yoshgacha cho‘zilishi olimlarni hayratga solgan.

• Balog‘at (32–66 yosh): miya eng barqaror va eng uzoq davrga kiradi. O‘zgarishlar asta-sekin kechadi, lekin aynan shu bosqichda rivojlanish orqaga qayta boshlaydi va inson “intellektual plato”ga chiqadi.

• Erta qarilik (66–83 yosh): miya to‘satdan yomonlashmaydi, balki boshqa modelga o‘tadi — yagona tizim sifatida emas, balki alohida bo‘limlar sifatida ishlay boshlaydi, ammo baribir bir-biri bilan bog‘liq holda. Demensiyaga oid belgilar aynan shu yoshda namoyon bo‘lishi mumkin.

• Kechki qarilik (83+): o‘zgarishlar avvalgi bosqichga o‘xshash, ammo yanada kuchliroq. Bu haqdagi ma’lumotlar kam, chunki bu yoshda sog‘lom miyaga ega odamlar soni oz.

Doktor Mousli miyadagi qismlar o‘zgarishi inson hayotidagi muhim davrlar — o‘smirlik, sog‘liq muammolari va 30 yoshlardagi katta hayotiy o‘zgarishlar bilan ajoyib darajada mos kelishini alohida ta’kidlagan.

Edinburg universiteti professori Spayrs-Jons ham tadqiqot natijalari miya qarishi haqidagi bugungi tasavvurlarga mos kelishi, ammo har bir insonda bu jarayonlar turlicha kechishi mumkinligini qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar inson miyasi rivojlanishining 5 muhim bosqichini aniqlashdi