
Afg‘onistonning ayrim ommaviy axborot vositalari 26-noyabr kuni Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon Adiala qamoqxonasida vafot etgani haqida tarqatgan xabarlari qo‘shni mamlakatda katta shov-shuv keltirdi. O‘sha manbalar siyosatchi “sirli tarzda” hayotdan ko‘z yumgani va uning jasadi qamoqxona hududidan olib chiqilgani haqida xabar berilgan.
Biroq ushbu ma’lumot hozircha Pokiston hukumati, Adiala qamoqxonasi ma’muriyati va Imron Xon yetakchilik qilgan Pokiston Texrik-ye-Insaf (PTI) partiyasi tomonidan tasdiqlanmadi. Xalqaro axborot agentliklari ham bu borada hech qanday rasmiy bayonot bermagani holatning yanada noaniqligini saqlab turibdi.
Xabarlar tarqalishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda to‘polon avj oldi: Imron Xonning tarafdorlari va uning yaqinlaridan bo‘lgan fuqarolar qamoqxona atrofiga to‘planayotgani haqidagi postlar tez sur’atda ommalashdi.
Ma’lumot o‘rnida, Imron Xon bir nechta jinoyat ishi doirasida sudlangan holda qamoqda olingandi. So‘nggi yillarda uning sog‘ligi yoki hatto “o‘limi” haqida bir necha marta yolg‘on ma’lumotlar tarqalgan va ular keyin rasman rad etilgan.
Hozircha xabarning haqiqiyligi noma’lum bo‘lib turibdi, shu bois rasmiy idoralardan tasdiq yoki rad etish kutilmoqda. Pokiston jamoatchiligi esa vaziyatga oydinlik kirishini talab qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.