date

Mars tuprog‘iga o‘xshash muhitda arpa parvarishlandi

Mars tuprog‘iga o‘xshash muhitda arpa parvarishlandi

Rossiyalik tadqiqotchilar Mars sathi sharoitiga yaqin modellangan “Mars tuprog‘i”da arpa yetishtirish tajribasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Olingan natijalarga ko‘ra, tayyorlangan tuproqqa 10 turli bakteriya va xamirturushdan iborat maxsus mikroorganizmlar aralashmasi qo‘shilganida, ular bir-birini qo‘llab, unumdor qatlam hosil qilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mikroorganizmlar tuproqqa qo‘shilgandan keyin u hayot uchun yaroqli muhitga aylangan va arpa ko‘chatlari barqaror o‘sgan. Boshqacha aytganda, Mars sharoiti kabi qattiq va hosilsiz muhitni “tiriltirish” uchun biologik faol moddalar o‘ta muhim rol o‘ynagan.

Tajribadan foydalanilgan mikroblar “Bion-M” №2 kosmik apparati orqali Yer orbitasiga chiqarilib, maxsus sharoitlarda sinovdan o‘tkazilgan va keyin Yerga qaytarilgan. Endi olimlar aynan shu mikroblarning kosmik muhitda qanday o‘zgarishlar kechirganini, genetik va biologik reaksiyalar qay darajada bo‘lganini chuqur o‘rganmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bunday ilmiy ishlar kelajakda Mars yoki boshqa sayyoralarda hayotni saqlash, o‘simlik yetishtirish va inson ekspeditsiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Mars tuprog‘iga o‘xshash muhitda arpa parvarishlandi