date

Tramp ma’muriyatidan qat’iy talab: Avval bitim, keyin xavfsizlik!

Tramp ma’muriyatidan qat’iy talab: Avval bitim, keyin xavfsizlik!

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio yevropalik hamkorlariga Vashingtonning Ukrainaga har qanday xavfsizlik kafolatlarini faqat tinchlik bitimi tuzilgandan keyingina berishga rozi bo‘lishini yetkazdi. Bu keskin pozitsiya chorshanba kuni Politico nashri tomonidan muzokaralar mazmunidan xabardor manbalarga tayanib e’lon qilindi va Yevropa poytaxtlarida katta tashvish uyg‘otdi.

Kiyev uchun og‘ir shart

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, bunday qat’iy shart o‘tgan hafta AQSH tomonidan Kiyevga yuborilgan yozma takliflarda o‘z aksini topgan. AQSH prezidenti Donald Trampning go‘yoki bitim imzolanmaguncha Ukraina rahbarlarini Oq uyda qabul qilmasligi haqidagi xabarlar ham bu bosimni kuchaytiradi. Afsuski, Ukraina g‘arb tomonidan beriladigan xavfsizlik kafolatlarini Rossiya bilan tinchlik kelishuvini tuzishda eng bosh sharti deb biladi. Shu sababli AQSHning "Avval kelishuv, keyin kafolatlar" pozitsiyasi Kiyev uchun og‘ir dilemmani yuzaga keltiradi.

"Murakkab va zidiyatli" signallar

Politico'ga ko‘ra, Tramp ma’muriyatidan kelayotgan siyosiy signallar "murakkab va zidiyatli" hisoblanadi. Rubio 25 noyabr kuni yevropalik vakillar bilan suhbatda xavfsizlik kafolatlari Tramp ma’muriyatining asosiy maqsadi ekanini aytgan bo‘lsa-da, buning "faqat shartlar bajarilgandan so‘ng" berishga tayyorligini bildirgan.

Yevropadagi diplomatning aytishicha, AQSH barcha shartlarni (hududiy yaxlitlik va muzlatilgan aktivlar kabi boshqa masalalarni ham) tez orada bir butun to‘plam shaklida qabul qilishni talab qilmoqda.

Yevropa xavotiri: Teshik xavfsizlik modeli

"Ayrim Yevropa davlatlari Tramp ma’muriyati holatning Rossiya manfaatiga o‘zgarishidan tashvishda", — deyiladi maqolada. Diplomatlardan birining keskin so‘zlari keltirilishicha: "Inson huquqlari, xalqaro huquq yoki umumiy tamoyillar haqida bir og‘iz gap yo‘q. Bu esa Yevropa xavfsizlik arxitekturasi­ning ko‘plab nuqsonlarga ega yangi mo­delni yaratadi".

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ma’muriyatidan qat’iy talab: Avval bitim, keyin xavfsizlik!