22:26 / 25.01.2017
4 224

Suriya borasidagi muzokaralarda Qozog‘istonning manfaati nimadan iborat?

Suriya borasidagi muzokaralarda Qozog‘istonning manfaati nimadan iborat?

Vitaliy Volkov “Suriya borasidagi muzokaralarda Qozog‘istonning manfaati nimadan iborat?” nomli maqolada Suriya bo‘yicha muzokaralarda Ostonaning manfaatlari xususida to‘xtalib o‘tgan.

Rossiyalik harbiy analitik L.Korolkov ta’kidlashicha, Suriyaning o‘zida Qozog‘istonning ko‘z ilg‘ab oladigan hech qanday manfaatlari mavjud emas. Qozog‘iston uchun na uglevodorodlar, na hududlar kerak. “Shartli musulmon davlat” hisoblangan Qozog‘iston hech qanday guruhiy diniy manfaatlarini ilgari surayotgani yo‘q.

Biroq QRning boshqa sohaga qiziqishlari mavjud. Ostona va Anqara o‘rtasida chuqur hamkorlik aloqalari bor bo‘lib, Turkiya bilan Rossiya o‘rtasidagi yovlarcha munosabat respublika iqtisodi hamda qator madaniy-ijtimoiy dasturlarga juda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun Ostonaning Suriya borasidagi markaziy manfaati – Moskva va Anqara o‘rtasida nizo kelib chiqishining oldini olish hamda iloji boricha ularni bir-biri bilan yaqinlashtirishdan iborat.

Nemis eksperti M.Laubsh fikricha, Suriya bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarda Qozog‘iston shaxsiy manfaatlarga ega.

Birinchidan, hozirgi vaqtda eng muammoli mavzudagi tadbirning QR hududida bo‘lib o‘tishi jahon maydonida Qozog‘iston nufuzini birmuncha oshiradi.

Ikkinchidan, “neft asiri” bo‘lgan respublika uglevodorodlar bozorini maksimal barqarorlashtirish uchun harakat qilmoqda va shu bilan birga “Suriya va Turkiyada mavjud hamda qurilishi rejalashtirilayotgan quvurlar loyihasi” xavfsizligi borasida ham manfaati bor.

Uchinchidan, xavfsizlik borasida Qozog‘iston va Suriya aniq maqsadga ega. Suriyada jang qilayotgan “Islom davlati”, “An-Nusra fronti” va boshqa ko‘plab terrorchi islom tashkilotlari safida QR hamda qo‘shni davlat fuqarolarining mavjudligi respublika uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Shu munosabat bilan Ostona Markaziy Osiyoda o‘zining g‘araz niyatlarini amalga oshirishga harakat qilayotgan jihodchi terrorchi guruhlar oyog‘iga bolta urish uchun zarur bo‘ladigan tartib tarafdori bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriya borasidagi muzokaralarda Qozog‘istonning manfaati nimadan iborat?