
Braziliyaning Riu-Grandi-du-Norti shtatidagi eng yirik turma hisoblangan Alkasus turmasidan kamida 56 mahbus qochib ketdi. Bu haqda Globo telekanaliga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, 14 yanvarda shu turmada isyon oqibatida 26 kishi halok bo‘lgandi.
Mahalliy aholining aytishicha, qochoqlar soni ancha ko‘proq bo‘lishi mumkin. Turma xodimlari murakkab vaziyat sababli sinchkov tekshiruv o‘tkazib, qochoqlar sonini aniq hisoblay olishmagan.
Avvalroq Braziliya janubidagi turmadan 200 ga yaqin mahbus qochib ketgani ma’lum qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar