
Meksikaning Tultepek shahridagi «San-Pablito» pirotexnika bozorida yuz bergan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 42 kishiga etdi. Bu haqda mahalliy OAVlar ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».
Portlash oqibatida jabrlangan yana to‘rt kishi shifoxonada ekanligi xabar qilinmoqda. Meksika rasmiylari bozorni qayta tiklashga so‘z berdi.
Avvalroq portlash oqibatida 36 kishining halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi. Eslatib o‘tamiz, portlash dekabr oyi oxirida Mexikodan 32 kilometr masofada joylashgan bozorda yuz bergan edi. Portlash sabablari hozirgacha aniqlanmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar