date

Dubayda mashinada kiriladigan savdo markazi qurilmoqda

Dubayda mashinada kiriladigan savdo markazi qurilmoqda

Dubay shahrida Yaqin Sharqdagi eng katta va innovatsion savdo-ko‘ngilochar markazlardan biri bo‘lishi kutilayotgan “Dubai Square Mall” qurilishi boshlandi. Loyiha Emaar Properties kompaniyasi tomonidan Dubai Creek Harbour hududida amalga oshirilmoqda.

Bu savdo markazining eng noyob jihati — xaridorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobillari bilan binoga kirib, do‘konlar oldida to‘xtashlari mumkin bo‘ladi. Bunday imkoniyat xaridorlar uchun qulaylik yaratadi va loyihani boshqa savdo markazlaridan tubdan farqlaydi.

“Dubai Square Mall” ichida yuzlab kiyim do'konlari, zamonaviy restoranlar, oilaviy ko‘ngilochar zonalar, shuningdek virtual va raqamli tajriba maydonlari bo‘ladi. Loyihaga taxminan 50 milliard dollar sarmoya ajratilishi rejalashtirilgan.

Ushbu markaz Dubayni nafaqat Yaqin Sharqda, balki dunyo miqyosida savdo va texnologik innovatsiyalar markazi sifatida mustahkamlashi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda mashinada kiriladigan savdo markazi qurilmoqda