
Asabni buzuvi kontent: rage bait nima?
Ijtimoiy tarmoqlarni ko‘zdan kechirar ekansiz, o‘zingizni norozi va asabingiz buzilayotganini sezyapsizmi? Ehtimol, siz Oksford ingliz tili lug‘ati 2025 yil so‘zi deb tan olgan yangi tushuncha — "g‘azabni qo‘zg‘atuvchi xo‘rak"ga ro‘baro‘ kelgansiz. Britaniyaning dunyoga mashhur Oksford lug‘ati bu atanami "rage bait" deb nomladi. Bu ibora foydalanuvchilarning internetdagi faolligini oshirishga yo‘naltirilgan manipulyatsion usullarni anglatadi.
Oksford lug‘ati noshiri Oxford University Press ta’rifiga ko‘ra, "g‘azabni qo‘zg‘atuvchi xo‘rak" — bu g‘azab yoki norozilikni qo‘zg‘atish, achchiqlantirish, tahqirlash yoki keskin munozaraga tortish uchun atayin ishlab chiqilgan internet mazmunidir. Uning asosiy maqsadi — veb-saytlar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarning o‘quvchilar oqimini ko‘paytirish. Garchi ishlash mexanizmi klikbeytga o‘xshasa-da, rage bait'ning asosiy vazifasi foydalanuvchilarda salbiy hissiyotlarni aniq uyg‘otishdan iborat. Lug‘at noshiri ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida bu atanmadan foydalanish uch baravar oshgan.
His-tuyg‘ularga ta’sir: manipulyatsiyaning yangi bosqichi
Oxford Languages prezidenti Kasper Gratvol bu holatni izohlar ekan, "rage bait" atanmasining mavjudligi va tez o‘sishi bizning internetda bizning ustimizdan manipulyatsiya amalga oshirilayotganini yaxshiroq tushunib yetmoqdamiz deganidir, deb aytdi. Uning ta’kidlashicha, agar ilgari internet bizning qiziqishlarimizdan foydalanib, e’tiborimizni jalb qilishga intilgan bo‘lsa, endi u insoniy tuyg‘ularimiz va javob reaksiyalarimizga ta’sir o‘tkazishga o‘tmoqda.
Gratvol so‘zlariga ko‘ra, bu texnologiya olamida inson bo‘lish va onlayn madaniyat chegaralari haqidagi davom etayotgan suhbatning tabiiy rivojlanishidir.
Ikki yil so‘zining mushtarak g‘oyasi: aqliy inqiroz
O‘tgan 2024 yilda Oksford lug‘ati yil so‘zi sifatida "miya chirishi" (brain rot) iborasini tanlagan edi. Bu ham ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq bo‘lib, foydasiz ma’lumotlarni doimiy ravishda iste’mol qilish tufayli insonning psixologik holati va bilish qobiliyatining pasayishini anglatardi.
Gratvol fikricha, 2024 va 2025 yillarning g‘olib so‘zlarini umumiy g‘oya birlashtiradi: "Ular birgalikda kuchli aylanma harakatni hosil qiladi, unda g‘azab ishtirokni keltirib chiqaradi, algoritmlar uni kuchaytiradi va doimiy o‘zaro ta’sir aqliy charchoqqa olib keladi".
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.