Nepalda bir kecha-kunduzda 30dan ortiq takroriy zilzilalar yuz berdi

Nepalda bir kecha-kunduzda 30dan ortiq takroriy zilzilalar yuz berdi
Nepalda bir kecha-kunduzda 30dan ortiq takroriy zilzilalar yuz berdi

Nepalda 25 aprel kuni ro‘y bergan 7,4 magnitudali kuchli zilziladan so‘ng, keyingi bir sutka davomida 30dan ortiq takroriy zilzilalar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

“Shanba kungi zilziladan keyingi 23 soat davomida 31ta aftershok qayd etildi. Takroriy zilzilalarning barchasi 4 yoki undan yuqori magnitudada edi”, – deya xabar bermoqda The Wall Street Journal geologlarga asoslanib.

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi aftershoklarning kuchli 6 ballgacha etgan bo‘lib, bu infratuzilmalarning buzilishi va odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘luvchi kuchli erosti silkinishi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, zilzila natijasida Nepalda halok bo‘lganlar soni 2 mingdan oshib ketgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar