
Yer atmosferasi 9–10 dekabr kunlari G2–G3 darajasidagi kuchli magnit bo‘ronlari ta’siriga tushishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi mutaxassislari ma’lumot berdi. Taxlillarga ko‘ra, eng kuchli ta’sir 9-dekabr kuni tushdan keyin namoyon bo‘ladi, hamda geomagnit buzilishlar 11-dekabrgacha davom etishi mumkin.
Quyoshdagi chaqnashlar muntazam qayd etiladi, biroq ularning faqat kichik qismi Yerga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir o‘tkaza oladi. Oxirgi kuchli ta’sir bir oycha oldin — 12–13 noyabr kunlari kuzatilgan bo‘lib, o‘sha paytda G4 darajasidagi magnit bo‘roni ro‘y bergandi.
Shuningdek, 1 dekabrdagi X sinfidagi chaqnashning plazma buluti Yerga yon tomondan tegib o‘tgan va natijada G3 darajasiga yaqin geomagnit faollik yuzaga kelgan. Mutaxassislar bu safargi faollik ham shunga yaqin kuchda bo‘lishi ehtimolini bildirmoqda.
Kutilayotgan tabiiy jarayon ayniqsa qutb yoritgichlari — auroralarni kuzatish uchun juda qulay sharoit yaratadi. Ammo olimlar hozircha jiddiy salbiy oqibatlar kutmayotganini, bo‘ron ta’siri asosan magnit maydoni o‘zgarishi va elektromagnit noqulayliklar bilan cheklanishini qayd etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.