date

Parijdagi Luvr muzeyida favqulodda hodisa — Misr bo‘limi zararlandi

Parijdagi Luvr muzeyida favqulodda hodisa — Misr bo‘limi zararlandi

Parijdagi dunyoning eng mashhur muzeylaridan biri — Luvrda yana favqulodda hodisa yuz berdi. Misr sivilizatsiyasiga bag‘ishlangan bo‘limda suv quvurining yorilishi oqibatida taxminan 400 ta noyob kitob zarar ko‘rdi.

Mazkur nashrlar 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga oid bo‘lib, ulardan turli ilmiy tadqiqotlarda olimlar, talabalari hamda muzey xodimlari muntazam foydalanib kelgan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Luvr xodimlari quvurda muammo borligini ilgari ham bilgan. Ta’mirlash ishlari esa faqat 2026 yil sentyabriga rejalashtirilgan bo‘lgan. Biroq quvur kutilmaganda yorilib, muzey fondiga sezilarli zarar yetkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Parijdagi Luvr muzeyida favqulodda hodisa — Misr bo‘limi zararlandi