date

Gruziyaga sayohat qiluvchilar uchun yangi majburiy talab joriy etildi

Gruziyaga sayohat qiluvchilar uchun yangi majburiy talab joriy etildi

Gruziya hukumati 2026-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatga kirish tartibiga muhim o‘zgartirish kiritmoqda. Milliy turizm boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, endi mamlakatga tashrif buyuruvchi har bir sayyohdan tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishi qat’iy talab etiladi.

Rasmiylarga ko‘ra, yangi qoidaga amal qilinmasa, sug‘urtasi yo‘q shaxslar chegaradan o‘tkazilmasligi yoki ular uchun qo‘shimcha shartlar belgilanishi mumkin.

Mazkur tartib amalga joriy etilishi, avvalo, mehmonlar xavfsizligini kuchaytirish, kutilmagan tibbiy xarajatlar sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni kamaytirish hamda mamlakatdagi sayohat infratuzilmasini yanada tejamkor va barqaror qilishni maqsad qiladi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, tibbiy sug‘urta talabini joriy qilish orqali Gruziya sayyohlar salomatligini himoya qilishda muhim qadam qo‘ymoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Gruziyaga sayohat qiluvchilar uchun yangi majburiy talab joriy etildi