date

Saudiya muqaddas joylarda foto–videoga olish ta’qiqini joriy etmoqda

Saudiya muqaddas joylarda foto–videoga olish ta’qiqini joriy etmoqda

Saudiya Arabistonining Haj va Umra vazirligi Makka hamda Madinadagi ikki muqaddas maskan — Masjid al-Haram va Masjid an-Nabaviyda foto va videoga olishni to‘liq tarzda taqiqlashini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlik xabariga tayangan holda “Arabi portal” tarqatdi.

Yangi qoidaga muvofiq, ushbu muqaddas joylarda mobil telefon orqali tasvirga olish, professional kameralardan foydalanish, videolar yozib olish va har qanday turdagi tasvir qurilmalarini ishlatish man etiladi. Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur cheklov 2026 yilgi Haj mavsumiga kelib rasman kuchga kiradi.

Haj va Umra vazirligi ta’kidlashicha, bunday taqiqning asosiy sababi — ziyoratchilarning ayrim xatti-harakatlari va Haram ichidagi serharakat, gavjum davrlarda yuzaga kelayotgan muammolar. Tasvirga olish jarayoni ibodat vaqtida kechikishlarga, tashkiliy harakatlarda uzilishlarga va insonlarning shaxsiy hududi buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

Vazirlikning izohlashicha, cheklovning maqsadi — ziyoratchilarning ibodat vaqtida to‘liq diqqatini jamlay olishlari uchun qulay sharoit yaratish. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu chora mahalliy ma’muriyatlar va xalqaro delegatsiyalar tomonidan bildirilayotgan xavotirlar fonida qabul qilingan bo‘lib, asosiy maqsad — ibodat paytida ortiqcha bezovtalikka yo‘l qo‘ymaslik va ziyoratchilar uchun yanada xavfsiz hamda tartibli muhit yaratish.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirilgani, uning orqali fuqarolar onlayn tartibda ziyoratga navbatga yozilishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya muqaddas joylarda foto–videoga olish ta’qiqini joriy etmoqda