date

Frensis Koppola soati auksionda rekord narxda qo‘lga kiritildi

Frensis Koppola soati auksionda rekord narxda qo‘lga kiritildi

“Oskar” sohiblari qatorida turadigan mashhur rejissyor Frensis Ford Koppolaning shaxsiy F.P. Journe brendiga mansub soati auksionda haqiqiy rekord o‘rnatdi. Shveysariya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu noyob soat kimoshdi savdosi davomida atigi 11 daqiqalik tortishuvdan keyin noma’lum xaridor tomonidan 11 million dollar atrofidagi narxga sotib olindi.

2024 yil bahorida Koppola bankrotlik yoqasida turganini ommaga ma’lum qilgandi. Bu holatga u o‘z mablag‘idan 120 million dollar sarflagan “Megapolis” filmining prokatda jami 14,4 million dollar daromad keltirishi sabab bo‘lgan. Qarzlarning bir qismini qoplash maqsadida rejissyor kuzda o‘zining ayrim ko‘chmas mulklarini ham sotishga majbur bo‘lgan. Endi esa uning noyob soatlar kolleksiyasi ham kimoshdi savdosiga chiqarilayotgani ma’lum qilindi.

6 dekabr kuni Park-avenyuda o‘tkazilgan qizg‘in auksionda rejissyorga tegishli F.P. Journe soati Phillips kimoshdi savdosida deyarli 11 million dollarlik bahoda qo‘lga kiritildi. Bu narx 2017 yilda Pol Nyumanning mashhur Rolex Paul Newman Daytona soati sotilganidan beri AQSHda soatlar uchun to‘langan eng katta summani belgiladi.

Qiziq jihati shundaki, Koppola bu soat modelini 2014 yilda F.P. Journe kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zi yaratgan. Naqshli, o‘ziga xos dizayn mexanizmi soatning ichki murakkab tuzilishini ko‘rish imkonini beradi. Siferblat markazida qo‘lqop kiygan qo‘l tasviri joylashgan bo‘lib, barmoqlar kun mobaynida turlicha harakat qilib, yo‘qolib va qayta paydo bo‘lib turadi.

Ma’lum qilinishicha, kimoshdi savdosi soat 11:00 da 1 million dollarlik dastlabki taklif bilan boshlangan. Bir necha soniya ichidayoq soatni qo‘lga kiritishni istagan xaridorlar taklifni 5 million dollargacha ko‘tarishgan.

Savdo rasman 9 million dollarlik natija bilan tugagan, 10,755 million dollarlik so‘nggi summadan auksion yig‘imlari ham o‘rin olgan. Ikkilamchi bozor dileri Endryu Shir bu savdoni izohlar ekan: “Bu aqlga sig‘maydigan darajada yuqori summa”, deya ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Frensis Koppola soati auksionda rekord narxda qo‘lga kiritildi